Buxgalteriya hisobi «noldan balansigacha»

Kurs narxi: 5 000 000 so'm

Buxgalteriya hisobini noldan o'rganishni xohlovchilar yoki bilimlarini mustahkamlamoqchi bo'lgan uchun bu kurs to'g'ri keladi sababi bu kursda buxgalteriya hisobi noldan balansgacha bo'lgan barcha bilimlarni nazariy va amaliy bilimlarni bir vaqtda olish imkoni mavjud!

davomiylik: 2 Oy (60 soat)

Дата начала курса:

Bitiruvchilar soni: 6981 studentlar

Sinov darsiga yozilish

Kurs haqida

Ko‘rinishidan, buxgalterni asalarichiga o‘xshatish mumkin, chunki uning ishidan
- buxgalteriya ma'lumotlaridan
- ko‘pchilik manfaat oladi, lekin mehnatni yolg‘iz o‘zi qiladi

E.S. Xendriksen, M.F. Van Bred

Ushbu kurs buxgalteriya hisobini noldan o’rganish niyatida bo’lganlar yoki buxgalteriya sohasida faoliyat yuritadigan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash niyatida bo’lganlarga ham birdek mos keladi. Sababi bu kurs davomida buxgalteriya sohasida yuqori tajribaga ega ustozlardan »Buxgalterlar akademiyasi»ning maxsus maxsus o’qitish dasturi orqali  darslar o’tiladi. Bizning akademiyamizning maxsus dasturi boshqa o’quv markazlardan farqli ravishda O’quv qo’lanma/Amaliy qo’lanma/Amaliy modul kabi mualiflik kitoblari asosida o’tiladi, shuningdek har bir kurs davomida  talabalarni olayotgan bilimlarni yanada mustahkamlashlari uchu 2 ta oraliq va 1 ta yakuniy imtihonlarimiz joriy qilingan.Kurs yakunida talabalarga »Buxgalterlar akademiyasi»ning maxsus sertifikatlar beriladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabalarimizni rag’batlantirish uchun keyingi kurslarg maxsus chegirmalar ham taqdim etiladi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                     Kurs narxi: 4 500 000 soʻm. Uzum Nasiya orqali bo‘lib to‘lash mavjud.                                                     Eslatma: Quyidagi chegirmalar Uzum Nasiya orqali to‘lovda qo‘llanilmaydi.  Chegirmalar:  Talabalarga — 10% chegirma  100% to‘liq to‘lov (Uzum Nasiyasiz) qilganlarga — 300 000 soʻm chegirma.

Ushbu kurs kimlar uchun?

Buxgalteriya kasbini egallashni xohlagan va o‘z faoliyatini endi boshlagan buxgalterlar

Buxgalteriya ko‘nikmalariga ega bo‘lgan va kasbiy o‘sish uchun malaka oshirishni rejalashtirayotgan buxgalterlar

Buxgalteriya hisobini mustaqil ravishda olib bormoqchi bo‘lgan yoki buxgalteriya jarayonlarini nazorat qilish niyatida bo‘lgan tadbirkorlar va rahbarlar

Ushbu kursni yakunlab nimani bilib olasiz?

01

buxgalteriya tamoyillari va elementlarini tushunish va farqlay bilish

02

dastlabki hujjatlarni qayta ishlash

03

pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, majburiyatlar, kreditlar va qarzlarni, o‘z kapitallari va boshqalarni qayd etish va saqlash

04

ishchilarning ish haqi va boshqa to‘lovlarini hisoblash va saqlash, shuningdek, ulardan soliqlarni olib qolish

05

xarajatlarni hisobga olish va ish va xizmatlarni tannarxni kalkulyatsiya qilish

06

tayyor mahsulotlar, tovarlar va ularni sotish hisobini yuritish

07

kompaniyaning daromadlarini tasniflash va hisobga olish

08

kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarini to‘g‘ri shakllantirish

O'quv plani

Kurs maxsus mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma, amaliy modul, qog‘oz va elektron tarqatma materiallarni o‘z ichiga oladi.

O'quv plani

формат

PDF

Faylni yuklab olish