BUXGALTERLAR AKADEMIYASI – O‘zbekistonda biznes ta'lim sohasida yetakchi hisoblanadi.
Biz haqimizda
“Buxgalterlar Akademiyasi” — buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy boshqaruv sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan yetakchi o‘quv markazlardan biridir. Akademiya 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida tashkil etilgan bo‘lib, qisqa fursatda respublika miqyosida buxgalterlar va auditorlar uchun eng ishonchli ta’lim markaziga aylandi.
Akademiyaning asoschisi — G‘ulomova Feruza G‘aniyevna, iqtisod fanlari nomzodi, Moskva ilmiy maktabi (G.V. Plexanova nomidagi RIU) bitiruvchisi, O‘zbekistonda o‘quv markazi va auditorlik kompaniyasiga asos solgan ilk mutaxassislardan biridir. U o‘z kasbining mohir ustasi sifatida buxgalteriya hisobi va auditi sohasida xalqaro standartlar darajasidagi ta’limni mamlakatimizda joriy etish orzusini ro‘yobga chiqardi.
Bugungi kunga qadar 12 000 dan ortiq talabalar biz bilan ta’lim olib, o‘z sohalarida yuqori kasbiy yutuqlarga erishdilar. Akademiyaning asosiy maqsadi — yosh mutaxassislarni xalqaro darajadagi bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash, buxgalteriya hisobi va auditi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashdir.
Rahbar haqida
Akademiyani hozirda asoschimizni qizlari ularni yo'llarni davom etirgan holda Umida Fayzieva boshqaradilar
— Umida Fayzieva ''Buxgalterlar Akademiyasi” o‘quv markazining direktori, sertifikatlangan auditor, ACCA DipIFR va CAP sertifikatlari egasi.
Kasbiy faoliyati va kurslari:
Umida Fayzieva quyidagi mashhur kurslar bo‘yicha trenerlik faoliyatini olib boradi:
ACCA DipIFR (rus)
MHXS asoslari
Audit
Amaliy soliqqa tortish
Boshqaruv hisobi 1 va 2
Zamonaviy buxgalteriya hisobi: noldan balansgacha
Sertifikatlar:
Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)
Sertifikatlangan professional moliyaviy menejer (PFM – Professional Financial Manager)
Auditorlik malaka sertifikati
ACCA DipIFR (rus)
Ish tajribasi:
20 yildan ortiq amaliy tajriba — “FTF-LEA-AUDIT” auditorlik kompaniyasida faoliyat yuritgan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliyaviy tahlil va audit” kafedrasi dotsenti.
Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishida ilmiy-amaliy faoliyat olib boradi.
U 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, ularning orasida quyidagi mashhur nashrlar mavjud:
“Buxgalteriya hisobi bo‘yicha qo‘llanma”,
“Buxgalteriya siyosati”,
“3000 ta buxgalteriya yozuvlari”,
“Boshqaruv hisobi”,
“MHXS asoslari” o‘quv qo‘llanmalari.
Yutuqlarimiz
“Buxgalteriya hisobi sohasida yilning eng yaxshi mutaxassisi – 2007”
“Eng yaxshi auditor – 2019” Respublika tanlovlari g‘olibi
O‘zbekiston buxgalteriya sohasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun bir qator faxriy diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan.
“Buxgalterlar Akademiyasi” — bu nafaqat ta’lim markazi, balki kasbiy o‘sish, xalqaro standartlarga mos bilim olish va buxgalteriya hisobi sohasida yetakchi mutaxassisga aylanish uchun ishonchli poydevordir.
bitiruvchilar
sertifikatlangan o‘qituvchilar
ta ’lim dasturlari
yildan buyon faoliyat yuritamiz
Bizning maqsadimiz - barchaga sifatli ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar taqdim etish. Bu vazifamizni 2007 yilda Akademiyamiz faoliyatining ilk kunidanoq bizning asosiy maqsadimiz deb belgilab olganmiz.
Akademiyadagi taqdim etilayotgan ta'lim nazariy bilimlarga tayangan amaliy ko‘nikmalarning qimmatli birikmasidir. Bu innovatsion o‘qitish texnologiyalari bilan boyitilgan biznes (iqtisodiy) ta'limdir.
Akademiya bilimlarni yaratish, tarqatish va saqlab qolish, shuningdek, vaqt va mamlakatdagi o‘zgarishlarga mos ravishda foaliyat olib borishga intiladi, shuning uchun bu bilimlar tinglovchilarimizning kelgusi amaliyotida yuzaga keladigan muammolarni qiyinchiliksiz yengishga yordam beradi. Biz o‘quvchilarni diqqat bilan ilmiy o‘rganishni va buxgalteriya sohasidagi kashfiyotlarning to‘lqinini birlashtiradigan ta'lim bilan ta'minlashga intilamiz. Biz talabalarimizga qat'iy akademik tayyorgarlik va buxgalteriya sohasidagi kashfiyotlar to‘lqinini birlashtiradigan ma'lumotlar berishga intilamiz. Biz har bir talabada donolik bilan ish yuritish, aqlga tayanib harakat qilish va o‘z hayotlari, kompaniyalari va jamiyat uchun samarali natijalarga erishish qobiliyatini va xohishini rivojlantirishga intilamiz.