10 000 dan ortiq talaba biz bilan ta'lim oldi va o‘z sohasida yanada balandroq kasbiy o‘sishga erishdi.
Bularning barchasi bir kishining orzularidan boshlandi - Buxgalteriya hisobi va auditerlik sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan xalqaro
kasbiy ta'limni O‘zbekistonda joriy etish.
Akademiya 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida tashkil etilgan.
Akademiyaning asoschisi G‘ulomov Feruza G‘aniyevna - o‘z kasbining mohir ustasi, moskva ilmiy maktabini o‘tagan (G.V. Plexanova nomidagi RIU), iqtisod fanlari nomzodi. O‘zbekistonda birinchi bo‘lib o‘quv markazi va auditorlik kompaniyasiga asos solganlardan biri hisoblanadi.
Amaliyotchi buxgalterlar va auditorlardan o‘rganish imkoniyati. Siz buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Biznesda haqiqiy muvaffaqiyatlarga erishgan (auditorlar, yuqori tabaqa menejerlar, bosh buxgalterlar, biznes maslahatchilari, XMHS sohasidagi mutaxassislar) va umuman aqlli odamlardan o‘rganishni istaganlar uchun eng yaxshi tanlov.
Xalqaro darajadagi sertifikatlangan ta’lim asosida olgan bilim va ko‘nikmalaringiz mehnat bozorida katta talabga ega, bu esa sizning lavozim pillapoyalaridan tezlik bilan ko‘tarilishingiz garovidir.
Barcha o‘quv materiallari Akademiya o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan. Ta’lim jarayoni o‘quv qo‘llanmalari, amaliy va vaziyat modullari, shuningdek, testlarga asoslangan. “Ko‘proq amaliyot kamroq nazariya” printsipiga amal qilamiz.
Bizning akademiyamizda ta'lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida oboriladi.
Amaliy kurs, notanish buxgalteriya dunyosi bilan birinchi marta aloqada bo‘lganlarga, shuningdek, malakasini oshirish uchun harakat qilganlarga mo‘ljallangan.
Kurs "Zamonaviy buxgalteriya hisobi (asosidan balansgacha)" kursining davomi hisoblanadi. Ushbu kurs doirasida siz soliq sohasida qimmatli va dolzarb bilimlar bazasiga ega bo‘lasiz.
"1C: buxgalteriya" kurslari buxgalteriya asoslari va shaxsiy kompyuterda ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan tinglovchilar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu kursda siz har qanday moliyaviy yoki iqtisodiy mutaxassislik bo‘yicha ishlashning dastlabki kunlaridan boshlab siz katta amaliy tajribaga ega bo‘lasiz va muhim shaxsiy fazilatlarni rivojlantirasiz.
MCHJ "Express Luxe" bosh hisobchisi.
Men va hamkasblarim Akademiyaning bir nechta kurslarida o‘qib chiqdik va muntazam ravishda malaka oshirishni davom ettirmoqdamiz, chunki biz o‘z kasbining mohir ustalariga ishonamiz. Darslar qiziqarli, shuningdek, murakkab bo‘lgan materiallar "o‘ta aqilliy iboralarsiz" tushuntiriladi. Buxgalteriya amaliyoti bilan shug‘ullanayotganimiz sababli, buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarida bizda savollar yuzaga kelganida biz ishonch bilan akademiyadagi mutaxassislariga murojaat qilaredik.
Men va hamkasblarim Akademiyaning bir nechta kurslarida o‘qib chiqdik va muntazam ravishda malaka oshirishni davom ettirmoqdamiz, chunki biz o‘z kasbining mohir ustalariga ishonamiz. Kurslar juda qiziqarli, shuningdek, yetarlicha murakkab bo‘lgan materiallar o‘ta aqilliy iboralarsiz tushuntiriladi. Buxgalteriya amaliyoti bilan shug‘ullanayotganimiz sababli, Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarida bizda savollar yuzaga kelganida biz ishonch bilan akademiya mutaxassislariga murojaat qilaredik.
Akademiyada o‘qish juda maroqli. Endilikda "XMHS" kursida o‘qishni rejalashtirmoqdaman, chunki bu zamon talabi. Bu yerda o‘qish nafaqat ta'lim, balki aqlli odamlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bolasiz.
Toshkentdagi Gubkina I.M. nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti talabasi
Kurs juda yaxshi taassurot qoldirdi. Zamonaviy buxgalteriya bir qarashda juda murakkab bo‘lib tuyuladi, ammo Buxgalterlar akademiyasi ko‘magida boshlang‘ich tushunchalarga ega bo‘lmasangiz ham, uni osongina o‘rganishingiz mumkin. Kurs o‘qituvchisi Umida Tairjanovna, o‘zining professionalligi va ma’lumotni oson qabul qilinishi uchun materialni qulay shaklda etkazish qobiliyatiga ega ekanligini ham alohida ta’kidlash kerak. Bu yerda katta amaliy mahoratga ega bo‘ldim.
Kurs juda yaxshi taassurot qoldirdi. Zamonaviy buxgalteriya bir qarashda juda murakkab bo‘lib tuyuladi, ammo Buxgalterlar akademiyasi ko‘magida boshlang‘ich tushunchalarga ega bo‘lmasangiz ham, uni osongina o‘rganishingiz mumkin. Kurs o‘qituvchisi Umida Tairjanovna, o‘zining professionalligi va ma’lumotni oson qabul qilinishi uchun materialni qulay shaklda etkazish qobiliyatiga ega ekanligini ham alohida ta’kidlash kerak.
Bu yerda katta amaliy mahoratga ega bo‘ldim. Mashg‘ulotlar davomida qulaylik yaratish uchun taqdim etilgan barcha sharoitlar o‘zgacha ijobiy muhit paydo qilganini ham ta’kidlab o‘tishni istar edim. Buxgalterlar akademiyasiga kelgusida yanada ravnaq topishini, talabalar safini kengayishini va hozirgi kundagi kabi etakchi o‘quv markazlaridan biri bo‘lib qolishini tilayman!
Artel kompaniyasi buhgalteri
Men “Buxgalterlar akademiyasi” o‘quv markaziga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu nafaqat o‘quv markazi, balki cheksiz bilim, tajriba, muvaffaqiyatga intilishlar dunyosidir! Amalga oshirib bo‘lmaydigan, erishib bo‘lmaydigan maqsad mavjud emasligiga o‘z tajibamda amin bo‘ldim. “Buxgalterlar akademiyasi”ga kelganimda, Buxgalteriya hisobini tushunishga ishonchim komil emas edi, chunki mening dastlabki kasbim Buxgalteriya hisobi bilan umuman bog‘liq bo‘lmagan.
Men “Buxgalterlar akademiyasi” o‘quv markaziga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu nafaqat o‘quv markazi, balki cheksiz bilim, tajriba, muvaffaqiyatga intilishlar dunyosidir! Amalga oshirib bo‘lmaydigan, erishib bo‘lmaydigan maqsad mavjud emasligiga o‘z tajibamda amin bo‘ldim.
“Buxgalterlar akademiyasi”ga kelganimda, Buxgalteriya hisobini tushunishga ishonchim komil emas edi, chunki mening dastlabki kasbim Buxgalteriya hisobi bilan umuman bog‘liq bo‘lmagan. Ammo hozirgi kunda “Zamonaviy buxgalter” kurslarini o‘zlashtirganligimni ishonch bilan ayta olaman. O‘qituvchilarning bilim berishi lo‘nda, tushunarli va ko‘rgazmali uslubda amalga oshiriladi, natijada Buxgalteriya sohasiga birinchi martta duch kelgan odam ham o‘quv materiallarini qiyinchiliksiz o‘zlashtiradi. O‘quv markazining asoschisi hamda muallimimiz Umida Tairjanovnaga ko‘rsatgan beqiyos sabr-toqati, mehribonligi, samimiyligi, qo‘llab-quvvatlagani shuningdek, biz bilan baham ko‘rgan bilimlari uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman
"FLORENCE HEALTHCARE" kompaniyasi buhgalteri
Men 2019 yil mart oyida “Academy of Accountants” da Buxgalteriya kurslarida ta’lim oldim. Kurslar "oddiydan - murakkabgacha" tamoyiliga asoslanib: Buxgalteriya asoslaridan tortib balansni tuzishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga olgan.
Nazariy mashg‘ulotlardan tashqari, Buxgalteriya hisobi va soliq hisobini yuritishning amaliy qismiga katta e'tibor qaratildi. Kurs davomida haqiqiy korxona hayotidagi voqealarni taqlid qilgan holda oddiydan murakkabigacha bo‘lgan aniq masalalar hal qilindi.
Men 2019 yil mart oyida “Academy of Accountants” da Buxgalteriya kurslarida ta’lim oldim. Kurslar "oddiydan - murakkabgacha" tamoyiliga asoslanib: Buxgalteriya asoslaridan tortib balansni tuzishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga olgan.
Nazariy mashg‘ulotlardan tashqari, Buxgalteriya hisobi va soliq hisobini yuritishning amaliy qismiga katta e'tibor qaratildi. Kurs davomida haqiqiy korxona hayotidagi voqealarni taqlid qilgan holda oddiydan murakkabigacha bo‘lgan aniq masalalar hal qilindi.
Bularning barchasi amaldagi Buxgalteriya shakllarini, moliyaviy va statistik hisobot shakllarini to‘ldirish bilan amalga oshirildi.
Boyitilgan materiallardan iborat maxsus ishlab chiqilgan darslik bilimlarni yaxshi o‘zlashtirish, darslarni ham sinfda, ham mustaqil ravishda o‘rganishga yordam berdi.
O‘qish davri jadal, foydali va qiziqarli o‘tdi.
O‘quvchilarga Buxgalteriya hisobi bo‘yicha amaliy bilimlarni chuqur o‘rganish imkonini bergan o‘qituvchining kasbiy mahoratini alohida qayd etishni istardim. Men o‘quv kursidan juda mamnunman.
Akademiyaning tavsiyasi bilan yirik farmatsevtika kompaniyasiga hisobchi bo‘lib ishga joylashdim va o‘rgangan bilimlarimni amalda qo‘llashga muvaffaq bo‘ldim.
Olingan bilimlarim uchun minnatdorman. Ushbu kurslarda o‘qishni va malakali Buxgalteriya kasbini egallashni barchaga tavsiya qilaman!
Toshkent Moliya Instituti, Moliya-bank hodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo'limi boshlig'i
«The Academy of Accountans» – yuqori tajribali o'qituvchilardan tashkil topgan eng sifatli zamonaviy o'quv markazlaridan hisoblanadi. Moliyaviy savodxonligini oshirmoqchi bo'lgan barchaga tavsiya qilaman.
«The Academy of Accountans» – yuqori tajribali o'qituvchilardan tashkil topgan eng sifatli zamonaviy o'quv markazlaridan hisoblanadi. Moliyaviy savodxonligini oshirmoqchi bo'lgan barchaga tavsiya qilaman. Asosan Fayziyeva Umida opa «Boshqaruv hisobi» fanini shu darajada yuragida olov bilan tushuntirishlari bilan menda bu fanga birinchi darsdan katta qiziqish uyg'otgan. Xizmat ko'rsatish yuqori darajada. O'qituvchidan tortib oddiy ishchigacha hurmatim cheksiz va ularga yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
FTF-LEA-AUDIT auditorlik tashkiloti Hisoba Audit auditorlik firmasi asosida 2001 yil 18 iyulda tashkil etilgan va bir necha yillardan beri auditorlik tashkilotlari reytingida etakchi hisoblanadi.
Ustavga muvofiq faoliyat doirasi:
- auditorlik xizmatlarini taqdim etish;
- tiklash va buxgalteriya hisobi;
- hisob siyosatini ishlab chiqarish;
- soliq masalalari bo'yicha maslahatlar.