Bu kurs (Buxgalteriya hisobi noldan balansgacha) kursining davomi hisoblanadi. Ushbu kurs doirasida siz soliq sohasida qimmatli va dolzarb bilimlar bazasiga ega bo‘lasiz.
Bu kurs (Buxgalteriya hisobi noldan balansgacha) kursining davomi hisoblanadi. Ushbu kurs doirasida siz soliq sohasida qimmatli va dolzarb bilimlar bazasiga ega bo‘lasiz.
“«Bu dunyoda faqat o‘lim va soliq muqarrar»”
— Benjamin FranklinBu kurs (Buxgalteriya hisobi noldan balansgacha) kursining davomi hisoblanadi. Ushbu kurs doirasida siz soliq sohasida qimmatli va dolzarb bilimlar bazasiga ega bo‘lasiz. Amaliy soliqqa tortish kursi dasturida talabalarni soliq nazariy asoslari,soliqlarni to’g’ri hisoblash,soliq hisobotlarni tuzish va soliq dasturlarida mustaqil ishlashlarni hisobga olgan holda tuzib chiqilgan.
Kursda asosiy soliqlar va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash aspektlari batafsil ko‘rib chiqiladi, shunindek soliq nazorati va soliq organlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Quyidagi asosiy soliqlarga alohida e’tibor qaratiladi: qo‘shilgan qiymat solig‘i, tashkilotlarning daromad solig‘i, jismoniy shaxsning daromad solig‘i, resurslar solig‘i. Kurs narxi: 4 500 000 soʻm. Uzum Nasiya orqali bo‘lib to‘lash mavjud. Eslatma: Quyidagi chegirmalar Uzum Nasiya orqali to‘lovda qo‘llanilmaydi. Chegirmalar: Talabalarga — 10% 100% to‘liq to‘lov (Uzum Nasiyasiz) qilganlarga — 300 000 soʻm chegirma. Buxgalterlar akademiyasi talabalari yana bizni talagalari uchun 10% chegirma.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksini tushunish va to‘g‘ri talqin qilish
korxonalarni soliqqa tortish tizimini tushunish va aniqlashni o‘rganish
soliq hisobotlarini to‘ldirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish
soliq hisobotlarini to‘g‘ri shakllantirish va yuborishni o‘rganish
asosiy soliqlarni hisoblash ko‘nikmalarini o‘rganish: QQS, daromad solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i, resurslar solig‘i va boshqa soliqlar
saytda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan(soliq.uz) qanday foydalanishni bilib olasiz
Kurs maxsus mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma, amaliy modul, qog‘oz va elektron tarqatma materiallarni o‘z ichiga oladi.
Kurs modullari vaziyatli masalalardan va testlardan iborat uy vazifalarini o‘z ichiga oladi. Barcha amaliy vazifalar o‘qituvchi tomonidan muhokama qilinadi va tekshiriladi.
O‘quv jarayonida nazorat qilish bo‘yicha oraliq baholash tadbirlari test va masalalar shaklida o‘tkaziladi.
Kurs yakunida tinglovchilar imtihon rejimida ikki soat davomida imtihon topshirishadi (yakuniy imtihon).
Kurs yakunida tinglovchilar tinglovchilik sertifikatni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Yakuniy imtihondan 75% dan kam bo‘lmagan tinglovchilar muvaffaqiyatli o‘tadilar va tegishli sertifikatni qo‘lga kiritadilar.
Eng yaxshi bitiruvchilar ishga joylashish uchun Buxgalterlar akademiyasidan tavsiyanoma oladi.
Muvaffaqiyatli bitiruvchilarni hamkor kompaniyalarga stajirovka yoki ishga tavsiya qilamiz.
Bepul baholash testidan o'ting va ta'lim formati bilan tanishing.