BUHGALTERLAR AKADEMIYASI – O‘zbekistonda biznes ta'lim sohasida yetakchi hisoblanadi.

10 000 dan ortiq talaba biz bilan ta'lim oldi va o‘z sohasida yanada balandroq kasbiy o‘sishga erishdi.

Bularning barchasi bir kishining orzularidan boshlandi - Buxgalteriya hisobi va auditerlik sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan xalqaro
kasbiy ta'limni O‘zbekistonda joriy etish.

Akademiya 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida tashkil etilgan.
Akademiyaning asoschisi G‘ulomov Feruza G‘aniyevna - o‘z kasbining mohir ustasi, moskva ilmiy maktabini o‘tagan (G.V. Plexanova nomidagi RIU), iqtisod fanlari nomzodi. O‘zbekistonda birinchi bo‘lib o‘quv markazi va auditorlik kompaniyasiga asos solganlardan biri hisoblanadi. Nottingham iqtisodiyot universitetida (Angliya) amaliyot o‘tagan. "Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi (САР)" sertifikati egasi.
Buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi ko‘plab ilmiy ishlar, o‘quv qo‘llanmalari va maqolalar muallifidir, masalan, "Buxgalteriya hisobi bo‘yicha o‘z-o‘zini tayyorlash", "3000 Buxgalteriya yozuvlari", talabalar va amaliyotchi buxgalterlar hamda auditorlar orasida ma’lum va mashhurdir.

+ 10 000

bitiruvchilar

+ 28

sertifikatlangan o‘qituvchilar

+ 20

ta ’lim dasturlari

2007 dan

yildan buyon faoliyat yuritamiz

Bizning maqsadimiz

Bizning maqsadimiz - barchaga sifatli ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar taqdim etish. Bu vazifamizni 2007 yilda Akademiyamiz faoliyatining ilk kunidayoq bizning asosiy maqsadimiz deb belgilab olganmiz.

Akademiyadagi taqdim etilayotgan ta'lim nazariy bilimlarga tayangan amaliy ko‘nikmalarning qimmatli birikmasidir. Bu innovatsion o‘qitish texnologiyalari bilan boyitilgan biznes (iqtisodiy) ta'limdir.

Akademiya bilimlarni yaratish, tarqatish va saqlab qolish, shuningdek, vaqt va mamlakatdagi o‘zgarishlarga mos ravishda foaliyat olib borishga intiladi, shuning uchun bu bilimlar tinglovchilarimizning kelgusi amaliyotida yuzaga keladigan muammolarni qiyinchiliksiz engishga yordam beradi. Biz o‘quvchilarni diqqat bilan ilmiy o‘rganishni va buxgalteriya sohasidagi kashfiyotlarning to‘lqinini birlashtiradigan ta'lim bilan ta'minlashga intilamiz. Biz talabalarimizga qat'iy akademik tayyorgarlik va buxgalteriya sohasidagi kashfiyotlar to‘lqinini birlashtiradigan ma'lumotlar berishga intilamiz. Biz har bir talabada donolik bilan ish yuritish, aqlga tayanib harakat qilish va o‘z hayotlari, kompaniyalari va jamiyat uchun samarali natijalarga erishish qobiliyatini va xohishini rivojlantirishga intilamiz.

“Buxgalterlar akademiyasi” kimlarga xizmat qiladi?

yangi kasbni o‘rganmoqchi bo‘lganlarga

lavozim pog‘onasida tez o‘sishni istaganlarga

professional istiqbolni oshirishning samarali usullarini izlayotganlarga

xalqaro miqyosda professional tan olinishga intiladiganlarga

buxgalteriya hisobining amaliy jihatlarini o‘zlashtirishni maqsad qilganlarga

kasbiy tayyorgarlik uchun ishonchli ta'lim hamkori bilan hamkorlik qilishni rejalashtirganlarga